г. Наманган, ул. Бабуршох, дом 2
← Все новости
Новости

Doctor A klinikasida xalqaro tibbiy hamkorlik davom etmoqda

Новости

Фотогалерея

Ikki kun davomida 30 dan ortiq onkologik kasallikka chalingan bemorlar bepul konsultatsiyadan o‘tkazildi. Har bir bemorning holati mutaxassislar tomonidan individual tarzda o‘rganilib, mavjud tekshiruv natijalari tahlil qilindi hamda keyingi davolash, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqichlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ushbu tashrif Doctor A klinikasi va Yeditepe Hastanesi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bemorlarimizga xalqaro tajribaga ega mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatini yaratmoqda.

Kelgusida hamkor klinikamizning turli yo‘nalishlardagi mutaxassis shifokorlarining har oy Doctor A klinikasiga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

 

Bog'lanish uchun 

 +998 (69) 226 00 00
 +998 (69) 226 88 88
 @doctoraclinic

Manzil: Namangan shahar, “Boburshox”ko‘chasi,2-uy
Mo‘ljal: “Jahon bozori”