TIBBIYOT XODIMLARI KUNI
Aziz shifokorlar, hamshiralar va barcha jonkuyar tibbiyot xodimlari!
Sizning fidoyiligingiz, sabr-toqatingiz va har bir bemorga ko‘rsatayotgan mehribon g‘amxo‘rligingiz tufayli millionlab hayotlar saqlanmoqda.
Bugun – sizning kuningiz!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, cheksiz hurmat va yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!